BPTlar faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilmoqda

24.02.2024, 13:47

BPTlar faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilmoqda

O’zLiDeP Samarqand viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi quyi bo‘g‘inlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.

O’zLiDeP Narpay tumanidagi Tibbiyot birlashmasi, Payariq tumanidagi Go‘zal MFY, Oqdaryo tumanidagi Axborot kutubxona markazi, Pastdarg‘om tumanidagi Oqoltin MFY qoshidagi partiya boshlang‘ich tashkilotilarining 2023 yil davomida olib borilgan ishlari tanqidiy- tahliliy  ko‘rib chiqildi.

Joriy yil hisobot-saylov yig‘ilishlarida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, 2024 yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilidagi davlat dasturi ijrosi yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi. Mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari va BPTlarning aholi manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Yig‘ilishlarda quyi bo‘g‘inlarning 2024 yil ish-rejasi tasdiqlandi va  partiya quyi bo‘g‘ini yetakchilari saylab olinib, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularni amalga oshirish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kamola Axmedjanova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

mas’ul xodimi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    42
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+