Quyi bo‘g‘inlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda

28.02.2024, 11:14

Quyi bo‘g‘inlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda

Shu kunlarda partiya hududiy kengashlar tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarning hisobo-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, “O’ztemiryo‘lovchi” AJ qoshida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan o‘tgan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlari sarhisob qilindi. Ushbu tashkilot yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, tadbirkorlarni muammoli masalalariga yechim topish, yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning muammolarini o‘rganib hal etish, ularni bandligini ta’minlash, yolg‘iz yashovchi nuroniy otaxon va onaxonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, partiya a’zolarini ko‘paytirishda faollik ko‘rsatdi.

Shuningdek, Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari qayta saylandi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining 2024 yil uchun ish rejasi tasdiqlandi va “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2024 yildagi ustuvor vazifalari belgilanib olindi.

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    41
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+