Jazoni ijro etish muassasasida uchrashuv o‘tkazildi
16.03.2024, 15:05
Navoiy shahridagi 11-son Jazoni ijro etish muassasasida O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi tomonidan “Biz jamiyatga kerakmiz” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda Prezidentimizning “O’zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ma’zmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirirda so‘z olganlar mazkur farmonda xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratishdek muhim maqsadlar ilgari surilgan.
Ayniqsa, yoshlarning salohiyati, iste’dodi va tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar alohida qayd etilgan. Ushbu farmonda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar tilga olindiki, bu Yangi O’zbekitondagi yoshlarimizning dunyoqarashini tubdan o‘zgartirishga asos bo‘ladi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Aytish mumkinki, farmon yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash borasida boshlangan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda dasturilamal bo‘ladi. Bu esa O’zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining kafolatidir.
Yig‘ilish so‘ngida mahkumlar tomonidan berilgan savollarga mutassadlilar tomonidan tegishli javoblar berildi.
A.Uzoqov,
O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengash
mutbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring