G’alvir suvdan ko‘tarilganda...

22.03.2024, 12:16

G’alvir suvdan ko‘tarilganda...

       O’zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi tarkibida o‘z saflariga 8896 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan 108 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda.  

      Ayni kunlarda ushbu quyi bo‘g‘inlarda bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘ziga xos sarhisob vazifasini o‘tashi bilan birga, kelgusi istiqbolli rejalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

       Ta’bir joiz bo‘lsa, “G’alvir suvdan ko‘tarilgan” ushbu kezlarda quyi bo‘g‘in a’zolari hisobot davrida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil qilish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

       Tumandagi “Uchtepa” mahalla fuqarolar hududida tashkil etilgan  boshlang‘ich partiya tashkilotiga tajribali maslakdoshimiz Alisher Shodmonqulov  yetakchilik qilib kelmoqda.  

         Quyi bo‘g‘in a’zolari o‘tgan yili mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlarda alohida faollik ko‘rsatdilar.  Shuningdek,  ular mahalladagi  obodonchilik, bunyodkorlik borasida olib borilayotgan jarayonlardagi  muammoli masalalarga partiyaviy vositalar bilan yechim topishga,  hududda tomorqachilikni, tadbirkorlikni rivojlantirishga   munosib hissa qo‘shmoqdalar.

        Quyi bo‘g‘in yetakchisi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida partiyadoshlariga hisobot berar ekan, joriy yilda belgilangan ish rejalari ga ham batafsil to‘xtalib o‘tdi.  Quyi bo‘g‘in a’zolarining faolligi, siyosiy yetukligi muhokamalar chog‘ida yana bir bor ko‘zga tashlandi. Ular tomonidan ko‘plab asosli  taklif va mulohazalar bildirildi. Ular umumlashtirilib, belgilangan rejalar  yanada boyitiladigan bo‘ldi.   

        Yig‘ilishda   BPT raisi  hisobotini qoniqarli,  deb topgan quyi bo‘g‘in a’zolari   uning o‘zini yetakchilikka  qayta saylashdi.

G’anisher Avalboyev,

O’zLiDeP Sharof Rashidov tuman bo‘limi raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

 

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    36
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+