Ko‘rsatilmagan xizmati uchun aholidan kommunal to‘lov talab qilinmoqda

02.04.2024, 17:27

Ko‘rsatilmagan xizmati uchun aholidan kommunal to‘lov talab qilinmoqda

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhiga Davlatobod tumanidagi  ko‘p qavatli uylarda yashovchi bir guruh fuqarolardan shikoyat arizasi kelib tushdi.

Unda ta’kidlanishicha, "Issiqlik manbai" korxonasi bilan tumandagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi  fuqarolar o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuzilgan bo‘lib, korxona kuz-qish mavsumida aholi xonadonlariga issiq suv yetkazib berish, iste’molchilar esa foydalanilgan issiq suv uchun to‘lovlarni  o‘z vaqtida amalga oshirish  majburiyatlarini zimmalariga olganlar. Lekin korxona mavsumda xonadonlarga issiqlikni to‘liq yetkazib bermagani holda iste’molchilardan  kommunal  to‘lovni talab qilgan.

Deputatlik yig‘ilishida ushbu murojaat muhokama etildi. Har ikki tomonning fikrlari eshitildi. Deputatlar korxona vakiliga bir nechta savollar berib ko‘rdi. Shuningdek, yig‘ilishda ishtirok etgan Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi xodimi ham muammo yuzasidan qonun talablari doirasida tushuncha berdi.

Yig‘ilishda ushbu masala deputatlar nazoratiga olindi va uni ijobiy hal etish choralari belgilandi.

  • Ko'rildi
    29
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+