Payariqlik tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi

02.04.2024, 17:30

Payariqlik tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi

Avval xabar berganimizdek, O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi vakillari, deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

O’zLiDeP ishchi guruhining navbatdagi o‘rganishlari Payariq tumanida olib borildi.

“Farovon” mahallasi hududida joylashgan “Zafarjon metall” oilaviy korxonasi ishlab chiqarish va savdo yo‘nalishida faoliyat olib boradi. 30 nafardan ortiq fuqaroning bandligi ta’minlangan korxonada temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ishchi guruhi a’zolari jarayonlarni ko‘zdan kechirishdi, tadbirkor Zohid Bo‘riyev bilan suhbatda bo‘ldilar.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari hududdagi “Global tex” xorijiy korxonasida ham bo‘lishdi. Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak korxonada dastlab 15 nafar fuqaro ishlagan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 65 nafarga yetgan. Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxona rahbari Abduqodir Amirov bilan bo‘lgan suhbatda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlandi.

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan ham qator takliflar, fikrlar bildirildi.

Nodir To‘rayev,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+