Partiya Faxriylar Kengashi “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashyapti

02.04.2024, 17:33

Partiya Faxriylar Kengashi “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashyapti

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024 yilda respublikamiz hududida 200 mln tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini o‘tqazish reja qilingan. Shuningdek, loyiha doirasida bir qator tadbirlarni amalga oshirilishi belgilab olingan bo‘lib,  Orol bo‘yi mintaqasida 300 ming gektar maydonda “Yashil qoplamalar” barpo etiladi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun respublika budjetidan 51 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Ushbu jarayonda O’zLiDeP Samarqand viloyat Faxriylar Kengashi a’zolari, deputatlar ham faol qatnashmoqda. Faxriylar va deputatlar Samarqand tumanidagi “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligi hududida bir qancha mevali ko‘chatlarni o‘tqazishdi.

Ma’lumot o‘rnida "Navobod Naslli Parranda" fermer xo‘jaligi uzumchilik yo‘nalishidagi yirik sub’ektlardan bo‘lib, unga 119 gektar yer maydonida zamonaviy usuldagi uzumzor barpo etilgan. Ushbu uzumzorda xorijiy davlatlar tajribasiga tayangan holda uzumning eksportbop oq kishmish navi ham yetishtiriladi.

Shuningdek kunning ikkinchi yarmida faol faxriylarimiz, deputatlar stol atrofida birlashib, 2023 yil sarhisobi va 2024 yil rajalarini muhokama qildilar, “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad-vazifalardan kelib chiqqan holda chora – tadbirlar rejasini kelishib oldilar.

Jaxongir Xujamkulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+