Qo‘shko‘pir tumanining “Obod mahalla”si obod maskanga aylandi
16.04.2018, 18:41
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Obod qishloq" dasturi doirasida Xorazm viloyatida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunday xayrli ishlarda O’zLiDeP viloyat Kengashi ham faol ishtirok etyapti.
Yaqinda partiya Xorazm viloyat Kengashi faollari, partiya “Yoshlar qanoti” va BPT a’zolari Qo‘shko‘pir tumani Oqdarband qishlog‘i Oshoqqal’a mahallasida bo‘lib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Mahallaning “Obod maskan” ko‘chasida istiqomat qilayotgan aholining yashash sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish maqsadida 3 tonna ohak olib kelinib, muhtoj oilalar uylarini ta’mirlashga ko‘maklashildi. Aholi xonadonlari, yo‘llar atrofida mevali va manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Og‘ir ahvolda kun kechirayotgan oilalarga yaqindan yordam ko‘rsatish maqsadida 40 ta koramol kredit asosida olib berildi.
Tadbir doirasida qo‘shni Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan ushbu qishloq aholisining turmush sharoitini yaxshilash va muammolarini hal etish maqsadida mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlarimiz ishtirokida ochiq muloqot ham o‘tkazildi.
Nilufar DJABBAROVA,
O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
matbuot xizmati kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring