Navoiyning olis hududida tibbiy ko‘rik tashkil etildi
04.04.2024, 11:11
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi aʼzosi, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati, Mahfuza Hamrayeva partiyaning “Ayollar qanoti” bilan birgalikda viloyat markazidan salkam 400km uzoqlikdagi olis xududlaridan biri bo‘lgan Tomdi tumanida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialining akusher-ginekologlari, skrining bo‘yicha UTT mutaxassislari tomonidan homilador va tug‘ish yoshidagi 200 nafarga yaqin ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida salomatligida nuqsoni bor xotin-qizlarga mutaxasislar tomonidan maslahat va tavsiyalar berildi. Hamda Skrining bo‘yicha UTT mutaxassisi tomonidan prenatal tashxis xonasi faoliyati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, birlamchi bo‘g‘inda patronaj doyalarning vazifalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.
A.Uzoqov
O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring