Talaba-yoshlar amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirildi

08.04.2024, 16:37

Talaba-yoshlar amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirildi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Buxoro davlat universitetida “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Unda partiya masʼullari, mahalliy Kengash deputatlari, “Yoshlar qanoti” faollari universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba- yoshlari ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda BuxDUda 25 ming nafar talaba-yoshlar tahsil oladi. O‘zLiDeP viloyat Kengashi safidagi 23266 nafar yoshlarning aksariyatini universitet talaba-yoshlari tashkil etadi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda so‘zga chiqqan partiya viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Xamidov O‘zLiDePning mamlakat yoshlari hayotida tutgan o‘rni, O‘zbekistonning taʼlim va intellektual rivojlanish darajasi bo‘yicha dunyoda eng yuqori reytingga ega 30 ta davlat qatoridan joy olishini taʼminlashda partiyaviy loyihalarining ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda joriy yilgi Davlat dasturida belgilab berilgan yoshlarga oid masalalar yuzasidan ham fikrlar almashildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Bobomurod Ochilov qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, jumladan, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasidagi Yoshlar parlamentlari faoliyatlari bo‘yicha, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi 5 ta ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsadning mazmun-mohiyati, ayniqsa, unda taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga oid ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli maʼlumotlarni talaba-yoshlarga taqdim etdi.

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tomonidan navqiron avlod vakillarining siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida amalga oshirib kelinayotgan “Parlamentda yoshlar o‘rni”, “Deputat va yoshlar uchrashuvi”, “Yosh tadbirkorlar ligasi”, “Mening g‘oyam”, “Tadbirkorlikka ilk qadam”, “Yosh tadbirkor” singari 20 dan ortiq istiqbolli loyihalarga ko‘plab yoshlarning qamrab olinishi ularning Vatanimiz ravnaqi va yorug‘ kelajagi yo‘lida xizmat qiladigan yetuk mutaxassis sifatida shakllanishiga zamin yaratishini alohida taʼkidlab o‘tdi.

 Deputatlar bilan jonli muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

  • Ko'rildi
    28
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+