Deputat mahalladagi ehtiyojmand oilalarga saxovat ko‘rsatdi

09.04.2024, 19:36

Deputat mahalladagi ehtiyojmand oilalarga saxovat ko‘rsatdi

Xalqimiz asrlar davomida buyuk diniy qadriyat, mehr-oqibat, ma’naviy poklanish, saxovat va mehr-oqibat ramzi sifatida e’zozlab kelayotgan muborak Ramazon oyini bu yil yurtimiz mo‘min-musulmonlari o‘zgacha shukuh va hamjihatlik bilan o‘tkazyapdilar.

Ayniqsa, rahmat va mag‘firat nurlariga to‘la ushbu saodatli kunlarda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, barcha hududlarimizda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ehson dasturxonlari yozilib, el-yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani bu oyning fayzu tarovatini yanada oshirmoqda.

Saxovatli  beg‘araz, hayrli ishlarni  qiladigan Vatandoshlarimiz kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Ular insonlar dardiga malham bo‘lib, bir so‘z bilan aytganda, savobli ishlarni qilmoqdalar.

Jumladan, partiyaning Karmana tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, yirik tadbirkor Yu.Murodov tumanning “Yangiariq”, “Arg‘un”, “Zarafshon” “Talqoq” mahallarida istiqomat qiluvchi nogironligi mavjud bo‘lgan, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan 100ta xonadonga muborak ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan hayit bayrami munosabati bilan  o‘z hisobidan un va moy mahsulotlari tarqatdi.

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+