“Yashil makon” loyihasi kelajak avlod va tabiatga bo‘lgan munosabatdir!

09.04.2024, 19:42

“Yashil makon” loyihasi kelajak avlod va tabiatga bo‘lgan munosabatdir!

Bugun yurtimizda keng tus olgan «Yashil makon» umummilliy harakatining ma’no-mazmuni, maqsadi ham yurtimizda yashillikni kengaytirish barobarida tabiatni asrash, ekologiya musaffoligini saqlashga qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan ushbu xayrli tadbirlarda barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etishmoqda.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan, O’zLiDeP viloyat, Bulung‘ur tuman Kengashlari mas’ullari xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tuman kotibiyati, partiya faxriylari hamda O’zbekiston mahallalari uyushmasi Bulung‘ur tuman bo‘limi vakillari, tumandagi hokim yordamchilari ishtirokida hashar tashkil etildi.

Bulung‘ur tumani Oqtepa MFY hududida joylashgan "Metin Group Impeks" MChJga qarashli 2 gektar yer maydoniga “O'zLiDeP bog‘ini barpo etamiz!” shiori ostida 3 mingdan ortiq tuman iqlimiga mos olma daraxti ko‘chati ekildi. Shuningdek, partiya faollari tumandagi Navbahor mahallasi hududidan o‘tgan temir yo‘l yoqalarida 150 tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekishdi.

Ushbu ishlarni tizimli tashkil qilish borasida Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda aniq vazifalar belgilab berildi, - deydi O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi Ilhom Botirov.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi 

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    21
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+