“Namunali tomorqachi” loyihasi doirasida asakalik ayollar o‘zaro tajriba almashishdi

09.04.2024, 20:09

“Namunali tomorqachi” loyihasi doirasida asakalik ayollar o‘zaro tajriba almashishdi

Vodiyning oltin tuprog‘ida hikmat ko‘p. Xazina shu zaminda. Oddiy dehqon ham yer bilan tillashib, tadbirkorga aylanmoqda. Tomorqa – baraka manbai ekanini bugun andijonliklar yaxshi biladilar. Andijon sharoitida aholi tomorqalaridan bir yilda uch marta hosil olish bo‘yicha muayyan tajriba to‘plangan. Mana shu tajribani ommalashtirish kerak, xolos.

Bugun bu borada qalovini topganlar bisyor. Tomorqaning foydasini bilganlarning daromadlari esni shoshiradi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Namunali tomorqachi” loyihasi doirasida Asaka tumani “Devatagi” mahallasida yashovchi Nigoraxon Xudoyberdiyeva xonadonida “Tomorqa-daromad manbai” mavzuidagi ochiq muloqotda aynan tomorqachalik xadisini olgan asakalik ayollar o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi.

Dastlab partiya faollari issiqxona faoliyati bilan tanishdi,  ishchilar bilan muloqot qildi. Aholi farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan bunday issiqxonalar tarmog‘ini yanada kengaytirish kerakligini ta’kidlashdi.

Tadbir davomida Nigoraxon Xudoyberdiyeva "Olaqanot" MFYda xotin-qizlar faoli bo‘lib ishlash bilan birga xonadonida qo‘shimcha issixona, chorvachilik hamda parrandachilik sohalarida daromad topishni yo‘lga qo‘ygan. Natijada mahalladoshlari va  qo‘shnilari orasida xonadon sharoitida daromad olish usullari, amaliyotini yig‘ilganlarga aytib o‘tdi.

“2017 yilda atigi 1 ta issiqxona bilan faoliyatimizni boshlagan edik. Avvaliga farzandlarimizni yonimizga oldik. Faoliyatimizni kengaytirgach, mahalladagi ishsiz yoshlarni, xotin-qizlarni jalb qildik. Hozir 12 sotixlik maydonda 4 ta issiqxona barpo etganmiz. Ayni damda asosan pomidordan bo‘shagan yerlarga kuzgi bodring ekkanmiz. Bundan tashqari sabzavot va ko‘kat yetishtiryapmiz”, – deydi Nigoraxon Xudoyberdiyeva .

Guvohi bo‘lganingizdek, tumanda tomorqa madaniyati yildan-yilga yuksalib, oilalar daromadi oshmoqda. Chunki asakaliklar tomorqadan unumli foydalanish hadisini olgan.

  • Ko'rildi
    24
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+