Deputat kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holidan xabar oldi

09.04.2024, 20:23

Deputat kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holidan xabar oldi

   Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining yoshlar  siyosati, xotin-qizlar va  gender tenglik  masalalari  bo‘yicha  doimiy komissiyasi raisi Ismigul Xushmurodova yurtimiz mo‘min-musulmonlari katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan ulug‘ ayyom – Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti munosabati bilan 20-Dasht saylov okrugiga qarashli Qoratepa qishlog‘ida istiqomat qilayotgan  kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar xolidan holidan xabar olib, ularni turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishib, qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora –tadbirlar belgilab oldi.   

-Ramazoni sharif xalqimiz azaldan insonparvarlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va bag‘rikenglik ramzi sifatida qadrlab, e’zozlab keladigan muborak ayyomdir, - deydi Qoratepa MFY xotin-qizlar faoli Hilola O’roqova. – Hayit arafasida  O’zLiDeP deputati Ismigul Xushmurodovaning mahallamizdagi bir guruh kam ta’minlangan oilalarda bo‘lib, bayram bilan qutlab, oziq-ovqat mahsulotlari tuhfa etganliklari xush kayfiyat bag‘ishladi. Ular Yangi O’zbekistonimizda hech bir oila davlatimiz e’tiboridan chetda qolmasligini dildan his etdilar.

 

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+