Partiya Faxriylar Kengashi aʼzolari aholi xonadonlarida bo‘ldi

09.04.2024, 20:30

Partiya Faxriylar Kengashi aʼzolari aholi xonadonlarida bo‘ldi

Davlat rahbarining Sirdaryo viloyatining og‘ir tumani hisoblangan Sayxunobodga tashrifi davomida aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar respublika bo‘ylab ommalashyapti.

Bu boradagi ishlar Samarqand viloyati tumanlarida ham tizimli ishlar tashkil qilinyapti. Har bir mahallada aholini tomorqalardan unumli foydalanishlari uchun yetarlicha shart-sharoit yaratib berilyapti, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishlar bilan shug‘ullanishga jalb qilinyapti.

          “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi, senator, O‘zLiDeP Faxriylar Kengashi raisi Sodiqjon Turdiyev va O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi aʼzosi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sherali Yuldashev, faol keksa nuroniylar Samarqand tumanidagi “Dehnav” hamda “Qumzor” mahallalarida bo‘lib, aholi tomorqalari bilan yaqindan tanishdi.

57 yoshli Mehroj Qodirov va “Qumzor” mahallasi keksalar maslahati guruhi raisi Abdurayim bobo Turaqulovlarning o‘z tomorqasidan issiqxona ochib, ayni paytda har xil ko‘katlardan tortib qulipnay, pomidor yetishtirib kelmoqdalar. Partiya faxriylari xonadon egalari bilan suhbatlashib ularga samimiy minnatdorchiligini izhor etdi. Ushbu mahalla binosi oldiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

– Samarqand viloyatida ham ko‘klam oldi ko‘cha-ko‘ylar, mahallalarni obod qilishga, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holda saqlashga alohida eʼtibor qaratilib, keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi aʼzosi Sherali Yuldashev.

Shundan so‘ng partiya faxriylari kam taʼminlangan oilalar, yakka-yolg‘iz, betob, mehrga muxtoj xonadonlarga borishdi, ularni shart- sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va muammolarini o‘rganishib amaliy yordam ko‘rsatildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi 

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    69
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+