Toyloq tumanidagi mahallalardan ishbilarmon xotin-qizlar saralandi

03.07.2024, 12:57

Toyloq tumanidagi mahallalardan ishbilarmon xotin-qizlar saralandi

“Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining mahallalarda bo‘lib o‘tayotgan saralash bosqichlari davom etmoqda, mahallalarda yangidan yangi tadbirkorlar kashf etilib, tuman bosqichlariga nomzodlar saralab olinmoqda.

Navbatdagi saralash bosqichi Toyloq  tumanida joylashgan Olmazor, Yangi hayot, Bog‘izag‘on, Bog‘ichinor, Charog‘bon, Qo‘rg‘oncha, Saribozor, Jumabozor, Sariosiyo, Uzunqishloq, Gulobod, Eskijuma MFYlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor opa singillar ishtirokida tashkil qilindi.

Ko‘rgazmada "Bog‘ichinor" mahallasidan ishtirok etgan Nazokat Qurbonova tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelayotgani va tumandagi barcha mahalalarda tikuvchilik va o‘quv markazini faoliyatini yo‘lga qo‘yib, shu kungacha 200 dan ortiq ayollar bandligini ta’minlab kelayotgani qayd etildi.

“Yangi hayot” mahallasidagi 2-guruh nogironi Fotima Hasanova turli xildagi qo‘l mehnati orqali qo‘g‘irchoqlar yaratib, ko‘plab ishsiz ayollarni bandligini ta’minlab, xonadonlarga daromad olib kirilishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan ayollarning ham bandligini ta’minlagan.

Uzunqishloq mahallasidan ishtirok etayotgan tadbirkor ayol ham 80 nafarga yaqin ayollarni bandligini ta’minlagan. Tadbirkor Shahnoza Tayranova  tikuvchilik bilan shug‘ullanadi va mahalladagi ayollar daftarida ro‘yxatda turgan xotin  - qizlar uchun o‘quv markazi ham tashkil etgan.

Barcha ishtirokchilar tadbirkorligini rivojlantirish orqali aholi farovonligiga oz bo‘lsada hissa qo‘shayotganidan va berilayotgan imkoniyatlardan mamnunligini aytdi. Toyloq tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan hakamlar hay’ati a’zolari tadbir ishtirokchilarini  munosib baholashga hissalarini qo‘shdilar va tuman bosqichiga ishtirokchilar orasidan munosiblarini  tanlab oldilar.

Samarqand viloyatidagi mahallarida davom etayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik- tanlovining saralash bosqichi, yangi qiyofalar, yangi tashabbuskor, hunarmand va tadbirkorlarni kashf etmoqda.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    28
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+