O’zbekistonning mintaqaviy va xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi yanada mustahkamlanib boryapti

03.07.2024, 15:15

O’zbekistonning mintaqaviy va xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi yanada mustahkamlanib boryapti

Antonio Guterrish tashrif davomida O’zbekistondagi islohotlar, uchta kompleks taraqqiyot strategiyalari — Harakatlar strategiyasi, Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi va “O’zbekiston — 2030” strategiyasining BMT BRMlariga uyg‘un va ularni qamrab olishini ta’kidladi.   

Darhaqiqat, BMTning “Global kun tartibi — 2030” va uning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari uchta — iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik asosga tayanadi. Masalan, “O’zbekiston — 2030” strategiyasiga e’tibor qaratsak, tahlillar, uning 5 ta yo‘nalishi BMT tomonidan belgilangan 16 ta Barqaror rivojlanish maqsadlarini to‘la qamrab olishini ko‘rsatadi.

Strategiya doirasida 2023 yilning o‘zida qabul qilingan qator qonun, Prezident farmoni va qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar (jami – 200dan ziyod) Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning zarur tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, Strategiyada belgilangan maqsad-vazifalar BRMni amalga oshirish uchun o‘ziga xos “Yo‘l xaritasi” vazifasini o‘tashini hamda Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarining eng ustuvor vazifasi ekanidan ham dalolat beradi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, o‘tgan yetti yilda maktabgacha ta’limdagi qamrov 21 foizdan 70 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 38 foizga yetdi. Shuningdek, xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi, 2021 yildan boshlab, har yili 3 mingdan ortiq qiz uchun alohida grantlar ajratilayotgani evaziga yosh ayollarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 5 baravar yaxshilandi. Universitetlarga kiradigan qizlar uchun budjet kvotasi joriy etilishi evaziga 2021-2022 o‘quv yilida talabalarning 60 foizini ayollar tashkil etdi.

Bir so‘z bilan aytganda, “O’zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan barcha 100 maqsad, 369 ta chora-tadbir, 190 ta vazifa, 306 ta maqsadli ko‘rsatkich bajarilishi mamlakatimizning BRM to‘la erishishiga xizmat qiladi. Shuningdek, BMT Bosh kotibining O’zbekistonga tashrifi so‘nggi yillarda mamlakatimizda kechayotgan tub yangilanishlar, izchil va faol tashqi siyosat yurtimizning xalqaro nufuzi yanada mustahkamlanganidan dalolatdir.

Erkin Zohidov

Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi.

  • Ko'rildi
    25
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+