Sayyor qabulda o‘nga yaqin masala muhokama etildi

06.11.2017, 16:10

Sayyor qabulda o‘nga yaqin masala muhokama etildi

Xalq bilan muloqotni yanada ko‘paytirish, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholining dardu-tashvishlari, muammolarini o‘rganish maqsadida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari aholi bilan bevosita muloqotlarni davom ettirmoqda.

Ana shunday muloqotlardan biri Kattaqo‘rg‘on tuman “Olmazor” MFY, Abulqosim qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda 50 ga yaqin fuqaro ishtirok etdi.

Tadbir avvalida partiya vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Muxammadiyev “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib, sayyor qabullardan ko‘zlangan maqsad – aholini qiynab kelayotgan muammolarga partiyaviy mexanizmlar orqali yechim topilayotgani to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Sayyor qabulda Abulqosim qishlog‘ida yashovchi fuqaro Husan To‘xtayevning parranadachilikni rivojlantirish, “Yakkabog‘” MFY da yashovchi Elmurod Hoji bobo Turdiyevning hududda yangi maktab tashkil etishni so‘rab qilgan murojaatlari bo‘yicha soha mas’ullariga deputatlik so‘rovi bilan chiqish va muammolarni bartaraf etishga kelishib olindi. Qabul davomida Abdulla Toshev tomonidan Do‘stlik mahallasi hududidga transformatorni almashtirish masalasi ham ko‘tarildi. “Fayziobod” MFY da yashovchi Aziza Rajabova esa uyining tepasidan yuqori kuchlanishli elektr simlari o‘tgani ushbu liniyani aholi uchun xavfsiz joyga ko‘chirishni so‘radi. Mazkur masalalar yuzasidan viloyat hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborish va masalani hal etishni deputatlik nazoratiga olishga kelishib olindi.

Sayyor qabulda o‘nga yaqin muammolar yuzasidan mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib, natijasi murojaatchiga ma’lum qilinishi ta’kidlandi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1613
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-10-15 15:12:22

Президентимизнинг "2019-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини инновацион ривожлантириш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида"ги фармони инновацион ғоялар, ишланмалар ва технологиялар асосида мамлакатимизни жадал ривожланишини таъминлайди.


Fikringizni qoldiring

+