O‘zLiDeP deputati Yodgorjon Akmaljonovga parta sovg‘a qildi

04.05.2018, 17:19

O‘zLiDeP deputati  Yodgorjon Akmaljonovga parta sovg‘a qildi

Tayloq tumani “Chorvoqtepa” mahallasida yashovchi Yodgorjon Akmaljonov 6 yoshda. Yillar oqar daryo misol o‘tib boryapti. Yodgorjon bu yil birinchi sinfga boradi. U katta bo‘lsa otasidek xarbiy xizmatchi bo‘lishini bot-bot takrorlaydi.

 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi deputati Dilshod Muhammedov tomonidan yurtning mard o‘g‘loni avlodi davomchisi Yodgorjon Akmaljonovga parta (stol va stul jamlanmalari) sovg‘a qilindi.

– Hozir turmush o‘rtog‘imdan yodgorlik bo‘lib qolgan 3 nafar  farzandimni otasidek, mard-jasur qilib tarbiyalayapman, – deydi Halima Bobotoyeva. –Ularga imkon qadar otasining o‘rnini bildirmaslikka harakat qilaman. – Davlatimizga, hukumatimizga rahmat, har bayramda holimizdan xabar olib, yo‘qlab turadilar.

Uchrashuvda O‘zLiDeP Samarqand viloyat va Tayloq tuman Kengashi tomonidan Yodgorjonning oila a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1241
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олтинкўл туман Кенгаши депутати Б.Кодиров2018-05-07 11:52:45

Шу каби хайрли ишлар кўпаяверсин.Барчамиз бу ишда фаол бўлайлик.


Жиззах вилоят Мустақиллик МФЙ БПТ Х.Худайқулов2018-05-07 08:25:06

O‘zLiDeP Самарқанд вилоят Кенгаши депутати Дилшод Муҳаммедовнинг бу каби ишлари давомли бўлишига тилакдошмиз


Бекзод БОБОМУРОТОВ Навоий вилояти Нурота тумани2018-05-06 16:35:52

Офарин депутат! Бугунги иқтидорли ва фаол ёш авлод эртанги келажагимизнинг муносиб эгалари бўлишига ишончимиз комил. шуни барчамиз доим ёдда тутишимиз керак.


Сергели туман Абдукахоров Жахонгир Тулкинович2018-05-04 17:47:21

O‘zLiDeP Самарқанд вилоят Кенгаши депутати Дилшод Муҳаммедовни Ёдгоржон Акмалжоновга олиб берган совғалари унинг келажакда ўқимишли инсон бўлишига тўртки бўлади.


Санъат Исматов2018-05-04 17:29:52

Огромное уважение Самаркандскому областному Совету и частности областному депутату Самаркандской области Дилшоду Муҳаммедову, что не оставили в стороне эту семью. Желаю Ёдгоржону вырасти патриотом своей родины и гордостью своих родителей.


Санжар Бакаев2018-05-04 17:26:27

Горькая правда, но очень редкий случай когда депутат оказывает такое внимание. Было бы неплохо если и другие депутаты последовали бы его примеру.


Fikringizni qoldiring

+