BPT faollari tinchlikka tamal toshini qo‘yganlarni yo‘qladilar

08.05.2018, 17:28

BPT faollari tinchlikka tamal toshini qo‘yganlarni yo‘qladilar

O‘zLiDeP Andijon tuman kengashi tomonidan Oyjamol mahallasi qoshida faoliyat yuritayotgan quyi tuzilmada 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Tinchlik yo‘lidagi fidoyiligingiz hamisha qalbimizda” mavzuida xotira tadbiri o‘tkazildi.

Unda quyi tuzilma a’zolari, deputatlar hamda Andijon tuman Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari ishtirok etdi.

Dastlab tadbir qatnashchilari Andijon shahridagi  “Motamsaro Ona” haykali poyiga gulchambar qo‘yib, bugungi tinch, osuda hayotimiz uchun tamal toshini qo‘yganlar yurtdoshlarimizni xotirladilar.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar Andijon tumanidagi Ikkinchi jahon urush qatnashchilarining xonadonlariga tashrif buyurib, ularga partiyaning esdalik sovg‘alarini taqdim qildilar.

–Bunday uchrashuvlar yoshlarimiz qalbidagi mustaqilligimizni asrab-avaylash, Ona Vatan erki, taraqqiyoti yo‘lida kuch-g‘ayratini ayamaslik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi Muharram Sarimsoqova. – Bugun urush qatnashchilari ko‘pchilikni tashkil etmaydi. Omonlari holidan xabar olish, ularga yuksak insoniy hurmat-e’tibor namunalarini ko‘rsatish, qadrlash har birimizning burchimizga aylanmog‘i lozim.

Tadbirda Andijon tuman Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning urush lavhalarini aks ettirgan badiiy chiqishlari barchaning ko‘z o‘ngida o‘sha davrni jonlantirgandek bo‘ldi.

Odinaxon TURG‘UNOVA,

O‘zLiDeP Andijon tuman kengashi

 apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1190
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хазраткулов Жалилбек, Самарқанд вилояти Пастдарғом тумани O'zLiDeP депутатлик гурухи ижрочи котиби2018-05-11 08:54:50

Нафақат иккинчи жахо нуруши қатнашчилари балки ватан учун ўз жонини қурбон қилган барча юртдошларимизни хотирламоғимиз керак.


Jo'rabek Aslonov2018-05-10 16:24:15

Ushbu bayram barchamizniki. Partiya faollarining ham urush davri qatnashchilarini yod olishlari ham qarz, ham farzdir


ЎзЛиДеП Фурқат туман Кенгаши Нуринса ая ф/х БПТ аъзоси Сотволдиев Искандар 2018-05-10 11:35:37

Боболаримиз, бувижонларимиз бизнинг фахримиз. Уларнинг дуолари дойим бизни қуллаб қуватласин!


Умаров Шохрух O‘zLiDeP Зафаробод туман Кенгаши ёшлар қаноати фаоли2018-05-09 16:45:23

Барчани бугунги кун билан муборакбот этаман хаммага омад , оиласига тинчлик хотиржамлик,соғлқ саломатлик тилайман.


Fikringizni qoldiring

+