Hisobot-saylov yig‘ilishlari yakunlandi

10.10.2017, 18:08

Hisobot-saylov yig‘ilishlari yakunlandi

Joriy yil 24 dekabr kuni Toshkent shahar Xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi.

Shu kunlarda mazkur saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ana shunday yig‘ilishlardan biri “O‘zagrosanoatloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyatida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotida bo‘lib o‘tdi. Unda O`zLiDeP Mirobod tuman Kengashi raisi R. Fazilov, raisning birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari G.Umurzaqova va partiya tuman Kengashi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, “O‘zagrosanoatloyiha” ma’suliyati cheklangan jamiyati qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti 2004 yil tashkil etilgan bo‘lib, 36 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan. Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi Mirsobit Odilov partiyaning 2017 yil 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirokini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, yig‘ilishda O`zLiDeP Mirobod tuman Kengashining navbatdagi konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Ta’kidlash kerak, Mirobod tumanida jami 137 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Ularda 5735 nafar maslakdoshimiz jam bo‘lgan. Barcha quyi bo‘g‘inlarda joriy yilning 27 sentyabridan 10 oktyabrigacha bo‘lgan muddatda hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi.

O`zLiDeP Toshkent shahar kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1656
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+