Sayyor qabullarda aholining muammolari hal etilmoqda

02.10.2017, 18:17

Sayyor qabullarda aholining muammolari hal etilmoqda

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Turaqo‘rg‘on tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari va O‘zLiDeP deputatlik guruhlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda tumandagi Shaxand qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Tadbir davomida 10ga yaqin murojaat o‘z joyida yechim topgan bo‘lsa 8 fuqaroning shikoyati deputatlar tomonidan nazoratga olindi. Z.Tajibayev ana shu sayyor qabulda o‘zini qiynab kelayotgan muammoga yechim topgan yurtdoshlarimizdan biri.   

– Nogironlik aravachasini olish uchun bir qator idoralarga murojaat qildim, – deydi yuqori Mug‘iltoy MFYda yashovchi Ziyodulla Tajibayev – Ammo biror idoradan ijobiy javob eshitmadim. Sayyor qabul davomida muammoim hal bo‘lganidan xursandman. Buning uchun xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Baxtiyor Jo‘rayevga minnatdochiligimni bildiraman.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi yil oxirigacha yana 6 ta ana shunday sayyor qabullarni tashkil etishni rejalashtirgan.    

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1370
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Асад2019-01-30 04:38:56

Акциядорлик корхоналаринг акцияларини сотиш ва улар кушимча маблагларни жалб килиш учун облигациялар чикариш чет элдан кредит олиш учун ва айнан шу корхона дуне да ухшаш товарлар и/ч уюшмасига аьзо булиш, хар ой дивиденд олиш хисоб ларини электрон матбуотга эьлон килиш янги узимизда и/ч бух стат эконом хисоботларини замонийлаштириш, хуллас жуда куп холатлар купрок ташки ва ички аудит чегараланиб колмасдан истимолчиларнинг эркин бозор яыни урикзор да точкасига эга булиш


Fikringizni qoldiring

+