Xorazmlik ishbilarmon ayol 125 nafar kishini ish bilan ta’minlagan

28.06.2018, 18:18

Xorazmlik ishbilarmon ayol  125 nafar kishini ish bilan ta’minlagan

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda loyihaning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 30 ga yaqin faol ishbilarmon, tadbirkor, fermer, hunarmand xotin-qizlar ishtirok etdi.

 – 2002 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman, – deydi tanlov g‘olibi, “Fayz” xususiy korxonasi rahbari Shohista Matkarimova.  – Ayni chog‘da korxonamizda 25 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan band. E’tiborlisi, korxonamizda ishlab chiqarilayotgan 30 turdagi mahsulotlar nafaqat ichki bozorda balki Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga ham eksport qilinmoqda. Korxonamiz qoshida ochilgan “Darband chevari” tekstil fabrikasida esa 100 nafar ishchi-xodim mehnat qilyapti. Shu kunlarda tijorat bankidan 250 mln so‘mlik imtiyozli kredit olib yana 20 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish harakatidamiz.  

Tanlovda Shohista Matkarimovadan tashqari Sh.Nazarova va F.Sadullayevalar ham tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tanlovda bir qator qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. 

Musharraf RAHIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1222
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Таджиева Дилноза Баҳодировна Ёшлар билна ишлаш бўлими2018-06-29 12:39:37

Хоразмлик аёл ва қизларимиз билимга, илмга чанқоқ бўлишади. Тадбиркор аёлларимизнинг ишларига омадлар тилаймиз. Ишсиз ўтирган ёшларни, аёлларни тадбиркорлик субьектларида иш билан таъминлаб уларни банд қилиб қўйганлари тахсинга сазовардир. Хоразмлик ғолибларимизни ишларида омадлар тилайман ҳамда “Ишбилармон аёл” кўрик-танловининг Республика босқичида ҳам ғолибликни қўлга киритишларини тилаб қоламан.


Fikringizni qoldiring

+