O‘zLiDeP ko‘magi bilan Marhamatlik tomorqachilarning muammolari hal qilindi

02.07.2018, 17:29

O‘zLiDeP ko‘magi bilan Marhamatlik tomorqachilarning muammolari hal qilindi

Marhamat tumani “Obod” ko‘chasida istiqomat qiluvchi 5 ta xonadon “Paxtakor” MFY qoshidagi BPTga biriktirilgan. Ayni chog‘da mazkur boshlang‘ich partiya tashkilotlari tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Yaqinda partiya Marhamat tuman kengashi tomonidan “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida “Xar bir oila tadbirkor” shiori ostida amaliy muloqot tashkil etildi.

–Qishloq aholisining o‘z shaxsiy daromadini yanada oshirish maqsadida  xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanishni keng targ‘ib qilib xonadonlarda bo‘lganimizda, aholining tomorqadan foydalanish tizimi tubdan o‘zgarayotganligini guvohi bo‘lyapmiz, – deydi partiya tuman kengashi apparat rahbari Husanboy Sheraliyev – Masalan, “Paxtakor” mahallasidagi “Obod” ko‘chasida yashovchi Nasibaxon Sattarovaning murojaatiga asosan, partiya ko‘magi bilan uning xonadonida tashkil qilingan 2 sotixlik issiqxonasiga isitish tizimi o‘rnatilishida amaliy yordam berildi. Ushbu issiqxonada tizimli ravishda pomidor mahsuloti yetishtirib kelinmoqda. Endi xonadon egasi qishning chillasida ham xalqimiz dasturxoni uchun turli sabzavotlarni yetishtirib beradi.

Marhamat tumanidagi “Gulzor” ko‘chasida ham quyi bo‘g‘in faollari tomonidan tomorqachilik bo‘yicha xayrli ishlar olib borilmoqda.

– Ikki sotixlik tomorqamizdan moddiy sharoitimiz yaxshi bo‘lmaganligi uchun foydalana olmasdik, – deydi shu hududda yashovchi Halimjon Shoimqulov. – Partiya yordamidan minnatdormiz. Ularning tashabbusi bilan tijorat bankidan imtiyozli kredit olib tomorqamda issiqxona tashkil qildik. Endi o‘z tomorqamizda barpo etgan issiqxonada pomidor, bodring va ro‘zg‘or  uchun boshqa mahsulotlarni yetishtirmoqdaman.

Abror XONTO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT Tomorqa
  • Ko'rildi
    1265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Дилмурод2018-07-03 16:31:10

“O‘zLiDeP бошланғич партия ташкилотлари ўз томорқасида фаолият бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси доирасида ташкил қилинаётган тадбирлар вилоятимизнинг чекка ҳудудларида яшовчи оилаларни тадбиркорлик фаолиятига жалб қилишда алоҳида аҳамият касб этмоқда.


Б.Саидолимов Хўжаобод туман Кенгаши2018-07-03 15:17:59

Ахолининг томорқаларидан самарали фойдаланишларида O'zLiDeP туман Кенгаши бошланғич партия ташкилотлари кўмаги салмоқлидир. БПТ раислари хатто ахоли хонадонларида етиштирилаётган меваларни экспорт қилинишида хам ахолига яқиндан кўмак беришмокда.


Fikringizni qoldiring

+