Samarqandda 7 ta deputatlik so‘rovi javobsiz qoldi

04.07.2018, 14:41

Samarqandda 7 ta deputatlik so‘rovi javobsiz qoldi

 – Qishlog‘imiz qabristoni daryoning nargi qirg‘og‘ida joylashgan, ammo ko‘prik yo‘q. Shu sababli ko‘p yillardan buyon jonaza bo‘lsa, turli muammolarga duch kelar edik, – deydi Oqdaryo tumani “Istiqlol”MFYda yashovchi T.Ismoilov. – Necha yillardan buyon hududdan kim deputatlikka saylanmoqchi bo‘lsa, saylovoldi dasturida “Agar deputat bo‘lsam, ko‘prik muammosini hal etaman”, derdi-yu saylangach, hammasi yodidan chiqib ketardi. O‘zLiDeP deputatlarining sayyor qabulidan so‘ng, masala 2019 yil dasturiga kiritilganini eshitib xursand bo‘ldik.

Ha, bugun bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Deputatlik so‘rovlari orqali erishgan natijalarimiz bilan maqtansak, arziydi. Jumladan, Payariq tumani “Qo‘lto‘lsin” MFY o‘tkazilgan sayyor qabuldan so‘ng, xududda O‘zbekiston telekanallarining ko‘rsatmasligi muammosi, Nurobod tuman, “Olg‘a” MFYda o‘tkazilgan sayyor qabulda qishloqqa olib keluvchi yo‘lni ta’mirlash masalasi, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Kattako‘rpa mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda maktab xonalari yetishmasligi va yo‘l muammolari bo‘yicha chiqarilgan deputatlik so‘rovlari natijasida masalalar dasturga kiritildi va murojaatlar ijobiy hal etildi.

– Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida  ijobiy yechimini topgan, qolganlari esa Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilgan, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri Baxtiyor Mustofoyev. –Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan turli idora va tashkilot rahbarlariga jami 514 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan. So‘rovlarning  500 tasidan ortig‘iga javob olingan , 7 ta so‘rovga javobsiz qolgan.

O‘zLiDeP  tomonidan joylarda sayyor qabullar tashkillashtirilib, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish  tizimining joriy etilganligiga bir yildan oshdi. Ushbu tadbirlar o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Tahlillarga murojaat qiladigan bo‘lsak, joriy yilning 6 oyi davomida  O‘zLiDeP Samarqand viloyat, shahar, tuman Kengashlari tomonidan  joylarda 53 ta sayyor qabullar uyushtirilgan bo‘lib, ularda fuqarolardan 240 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 32 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga, 3 tasi fermerlik sohasi, 205 tasi ijtimoiy sohalarga oiddir.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1212
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-07-04 23:44:16

Deputat so'roviga e'tiborsiz rshbar , bu xalqqa e'tiborsiz rahbardir.Afsuski ana shunday rahbarlar uchrab turadi.


Роила Шамсиева-Халқ депутатлари туман Кенгашидаги ЎзЛиДеП депутатлик гуруҳи аъзоси2018-07-04 16:06:54

Биз ўтказаётган сайёр қабулларимизга турли муаммолар бўйича мурожаатлар тушмоқда. Бу муаммоларни ечиш учун тегишли ташкилотларга депутат сўрови чиқариб муаммони ечишга киришишни сўрасакда, бу ташкилотларимиз шунчаки юзаки ёндошмоқдалар. Кейинги сайёр қабулларни ўтказишда фуқаролар муммонинг аниқ ечимни сўрамоқда. Биз уларнинг жавоби билан муаммо ечими бўйича уларга аниқ фикр беролмаяпмиз. Шуни инобатга олиб ташкилот раҳбарлари ва мутасадди ижрочи мутахассисларнинг сиёсий, ҳуқуқий билимларини ошириш бўйича уларнинг ўқишлари ташкил этилса деп таклиф билдираман.


Ғолиб Пўлотов-ЎзЛиДеП Ғиждувон туман Кенгаши аппарати раҳбари2018-07-04 15:53:56

Ўтказилаётган сайёр қабулларда ҳақиқатдан ҳам сайловчиларимиз томонидан ижтимоий ҳаётимизда учраб келаётган турли оғриқли муаммоларни ечишни талаб қилиб мурожжат қилмоқдалар. Депутатларимиз бу муаммоларни ечишда муаммоларнинг тегишлилигига қараб у ёки бу ташкилотларга депутатлик сўровларини йўлламоқдалар. Айрим ташкилотларимз муммони ечиш фаолиятининг асосини ташкил этсада, бунга эътиборсиз ёндошаётганликларининг гувоҳи бўлмоқдамиз, ёки депутат сўровига шунчаки жавоб бериш қабилида иш кўришлари депутатларимизнинг кейинги сайёр қабулларга боришига ноқулайликлар туғдирмоқда. Шунинг учун Республика Вазирлар Маҳкамаси раҳбарлигида ҳар бир Вазирлик, Давлат қўмиталарининг депутат сўровига муносабат тариқасидаги йўриқнома ишлаб чиқишларини таклиф этаман. Чунки депутат халқ билан ижро ҳокимияти ўртасидаги воситачидир тегишли ижро ҳокимияти ва ташкилотлари англамаган ечимини кутаётган муаммоларни депутатларимиз аниқлаб берса уларга ёрдам бўлиши қачон англаб етади бу мутасадди раҳбарлар.


Fikringizni qoldiring

+