Sayyor qabul: Billur mahallasidagi kutubxonaga 243 dan ortiq kitob topshirildi

05.07.2018, 18:55

Sayyor qabul: Billur mahallasidagi kutubxonaga  243 dan ortiq kitob topshirildi

O‘zLiDeP Sariosiyo tuman Kengashi tomonidan “Billur” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda hudud ahli tomonidan toza ichimlik suvi, yo‘llarni kapital ta’mirlash, elektr toki simlarini almashtirish, bankdan kredit olish, kutubxona tashkil etish, yoshlar bandligini ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha 15 ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Dastlab mahalla ahli nomidan so‘z olgan Murodullo Saidov hududdagi 60 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganini aytib, shu masalada mutasaddilardan ko‘mak so‘radi. Uning murojaatini Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Ibodulla Mirzayev o‘z zimmasiga olib, tuman hokimiga deputatlik so‘rovi yuborish orqali yaqin kunlarda muammoni hal etib berishga va’da berdi.

Shuningdek, bir guruh fuqarolar tomonidan mahalladagi simyog‘ochlarni yangilash va transformatorni almashtirish bo‘yicha kelib tushgan murojaat ham shu yerning o‘zida hal etildi.

Shu hududda yashovchi Zumrad Odinayeva va Ismat Hamrayevalar mahalla kutubxonasida kitob yetishmasligini aytib, shu masalada tashkilotchilardan amaliy yordam so‘radi. Bu masala ham e’tibordan chetda qolmadi, mahalla raisi Jo‘rabek Sattorov tashabbusi bilan “Har bir xonadonga bir kitob” loyihasini o‘tkazish orqali muammo hal etiladigan bo‘ldi.  

–Kutubxonamizda yoshlar foydalanishi uchun kitoblar to‘liq emasligi sababli, foydalanuvchilarni zarur kitob bilan ta’minlashda qiynalar edik, – deydi kutubxona rahbari Zumrad Odinayeva. – Mana shu masala bo‘yicha hududimizda tashkil etilgan sayyor qabulda murojaat qilgan edik, deputatlarimiz hamda mahalla raisi Jurabek Sattorov tashabbusi bilan kutubxonamizga 243 dan ortiq kitoblar yig‘ildi. Buning uchun tashkilotchilardan minnatdorman!

Yig‘ilishda bildirilgan boshqa murojatlar ham deputatlar nazoratiga olinib, yechimi bo‘yicha galdagi  vazifalar belgilab olindi.

Umidjon XUDOYKULOV,

O‘zLiDeP Sariosiyo tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1229
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-07-06 14:59:07

Сайёр қабуллардан кўзланган мақсадларга эришилганидан халқнинг қувончи чексиз,


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-06 10:09:47

Сайёр қабуллар давомида тушган муаммолий масалалар ўз ечимини топиб масалалар ижобий ҳал бўлганлиги биз учун қувонарли ҳол


Миришкор туман “Тинчлик” БПТ фаоли Бобомуродов Дилшод2018-07-06 09:26:13

Китоб билим манбаи бундай саёр учрашувларида ҳомийлар томонидан китоб берилиши ёшларнинг билимига –билим қўшади.


Улуғбек Жовлиев Маъмурий-хўжалик ишлари бўлими мудири 2018-07-06 08:35:27

Ўтказилаётган сайёр қабулларда фуқароларимиздан келиб тушган мурожаатларнинг ечим топишига амалий кўмак берилмоқда. Айниқса ушбу махаллада ёшлар учун кутубхона ташкил этилгани уларнинг маънавий бойлигини оширишга ёрдам беради. ..


Fikringizni qoldiring

+