O‘zLiDeP sayyor qabuli: Muqaddam Muhiddinovaning nabiralariga nogironlik aravachasi topshirildi

07.07.2018, 16:58

O‘zLiDeP sayyor qabuli: Muqaddam Muhiddinovaning nabiralariga nogironlik aravachasi topshirildi

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi tomonidan tumandagi 2 -sonli musiqa maktabida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda shahardagi mutasaddi tashkilot vakillari, Xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhlari a’zolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda “Navbahor” mahallasida yashovchi 70 yoshli Muqaddam aya  Muhiddinovaning qilgan murojaati  ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortdi.

Onaxon egizak nabiralari birinchi guruh nogironi ekanini aytib, ularga nogironlik aravachasi ajratishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, “shahargaz” ta’minoti idorasidan ish hajmi qisqarganligi sababli   ishidan ayrilgan o‘g‘lini qayta ishga tiklashda ko‘mak so‘radi.

Uning murojaati joyida qanoatlantirildi. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muzaffar Hoshimov va Erkin Jo‘rayevlar sa’y-harakati bilan onaxonning ikkala nabirasiga ham nogironlik aravachasi topshirildi. O‘g‘li Fahriddin Muhiddinovni ish bilan ta’minlash bo‘yicha qilgan murojaati esa shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan hal etiladigan bo‘ldi.

–Joriy yilning 6 oyi davomida O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan 3 ta sayyor qabullar uyushtirildi, – deydi partiya shahar Kengashi apparat rahbari Nabi Artiqov. –Qabullar davomida fuqarolardan 30ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 90 foizi shu kungacha hal etilgan bo‘lsa, 10 foizi  o‘rganilyapti.  

Sayyor qabulda ichimlik suvi va suv isrofgarchiligi hamda kommunal to‘lovlardan noreal qarzdorliklar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1303
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-07-09 12:13:40

Партиямиз ташаббуси билан онахоннинг иккала набирасига ҳам ногиронлик аравачаси топширилгани алоҳида эътирофга лойиқдир. Барча даражадаги раҳбарлар, депутатлар халқни орасида юриб дардини эшитиб, уларни муаммолари ҳал этишга янада жиддий эътибор қаратишса жуда яхши бўларди. Ўша раҳбарлар ҳам, давлат ташкилотларида ишлаётган валломатлар ҳам, депутатлар ҳам халқни бир вакилику. Агарда барчамиз халқимизга, атрофимиздаги одамларга қулоқ тутиб, уларнинг маммосини ҳал этиб берадиган бўлсак, Оллоҳ ишимизда унум ва барака беради.


Шамшод Жафаров 2018-07-09 10:16:11

сайёр қабулларлар халқни орзу умидларини амалга ошираётганидан жуда хурсандмиз


Гулбаҳор Тўраева. Қашқадарё вилоят Кенгаши "Аёллар қаноти" бўлими мудири2018-07-09 09:37:20

Халқ депутатлари маҳаллий Кенгашлардаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи аъзолари иштирокида ўтказилаётганг сайёр йиғилишлар ҳамда очиқ мулоқотлар халкимизни қийнаб келаётган муоммоларнинг ечимини топишда яқиндан кўмакчи бўлиб келаётгани қувонарли ҳолат. Улар томонидан амалга оширилаётган саховатли ишлар эса таҳсинга сазовар.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-07-09 09:23:04

Ўтказилаётган сайёр қабуллар ўзининг ижобий натижаларини бермоқда. Бундан фуқароларимиз ҳурсанд бўлишмоқда.


Fikringizni qoldiring

+