Hokim o‘rinbosari O‘zLiDeP deputatlariga hisob berdi: afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan 50 gektar yerda intensiv bog‘ yaratiladi

12.07.2018, 18:24

Hokim o‘rinbosari O‘zLiDeP deputatlariga hisob berdi: afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan 50 gektar yerda  intensiv bog‘ yaratiladi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Maqsudovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yilda hududni rivojlantirish maqsadida 161 ta loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, shundan sanoat va ishlab chiqarishda 32, xizmat ko‘rsatishda 86, qishloq xo‘jaligi sohasida 43 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu yilning olti oy davomida esa qiymati 34,8 mln so‘m bo‘lgan 113 ta loyiha doirasida 362 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

– Tumanga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan ham qator ishlar amalga oshirildi, – deydi Sh.Maqsudov. – Xususan, Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro biznes-forumda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida Rossiya, Afg‘oniston va Tojikiston tadbirkorlari bilan umumiy qiymati 8110.0 ming AQSh dollorlik hamkorlik memorondumi imzolandi. Ayni chog‘da Afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan 50 gektar yer maydonga intensiv bog‘ yaratish ishlari olib borilmoqda.

Yig‘ilishda shuningdek, investitsiya loyihalari taqdim etmagan korxonalarga  loyiha ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘mak berish, xorijiy investitsiyani nafaqat qishloq xo‘jaligi balqi boshqa sohalar bo‘yicha ko‘proq jalb qilish, yil yakuniga qadar rejalashtirilgan loyihalarni to‘liq bajarilishi bo‘yicha zarur taklif va tafsiyalar berildi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Azamat ABDURAXMONOV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1232
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Худайбердиева Моҳидил Норбоевна O`zLiDeP Зарафшон шаҳар бўлими ижрочи котиби2018-07-13 09:45:09

Мамлакатимиз иқтисодиётида бўлаётган бўндай ўзгаришлар барчамизни қувонтиради.Қўшни давлатимиз бўлган Авғонистонлик тадбиркорлар билан айни вақтда Сурҳондарёда 50 гектар ер майдонга интенсив боғ яратиш ишларининг олиб борилаётганлиги барчамизда қизиқиш ўйғотмоқда.Биз, ушбу қишлоқ ҳўжалиги борасида олиб борилаётган ҳамкорлик самарали натижалар беради деган умиддамиз.Узун туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳидан ушбу лойиҳалар натижалари юзасидан ҳисобот йиғилишини кўтиб қоламиз.


Fikringizni qoldiring

+