Deputatlarimiz To‘raqo‘rg‘ondagi MTMlarni tanqid qildi
17.07.2018, 18:14
Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari Bahodir Oripovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda ta’kidlanganidek, bugun tumanda 45 ta maktabgacha ta’lim muassasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur MTMda 5825 nafar bola ta’lim-tarbiya olmoqda. Joriy yilda 3ta bog‘cha ta’mirlanishi natijasida yana 6 ming 710 bola MTMga qamrab olinadi.
Yig‘ilishda tumandagi MTMlarga bolalarni qamrab olish bog‘cha yoshidagi bolalarning 30 foizini ham tashkil etmagani, muassasalarda umumiy ahvol talab darajasida emasligi hamda tumanning ayrim hududlarida MTMlar umuman faoliyat yuritmayotgani deputatlar tomonidan qattiq tanqid qilindi.
Mazkur masalalarni hal etish yuzasidan esa Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi B.Mamadaliyev tomonidan logopid bog‘chalarni tashkil etish, bog‘chalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi hamda xususiy bog‘chalarda to‘lov miqdorini kamaytirish hisobiga bolalarni bog‘chaga qamrab olishni ko‘paytirish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabuli: Buxorolik talabalarga yotoqxona zarur
21.05.2024, 11:02
-
Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
17.05.2024, 10:55
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
Bildirilgan fikrlar
Saboxat Babayeva Sirdaryo viloyati "Ayollar bo'limi " mudiri2018-07-18 11:43:14
Deputatlarimizning faolliklari sezilmoqda. Tibbiyot tizimida ham ko'proq xisobotlari tinglansa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Xalqimizning og'riqli nuqtalaridan biri. Xususiy bog'chalarninig narxlari haqiqatdan ozgina kamaytirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi