O‘zLiDeP faoli ko‘magida “Quyosh” mahalla guzari yangidan qurildi
28.07.2018, 16:18
Olmazor tumanidagi “Quyosh” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi ko‘pdan beri ta’mirtalab holatda edi. Bu esa hududda yashovchi fuqarolar uchun biroz noqulaylik tug‘dirardi.
Shu boisdan Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Obod mahalla” dasturi doirasida mazkur hududda ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Xususan, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi, tadbirkor Marufjon Mirzahmedov sa’y-harakati bilan mahalla guzari yangidan bunyod etildi.
– Mazkur mahallada 8 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi, – deydi partiya Olmazor tuman Kengashi apparat rahbari Jasur Kadirov. – Ayni chog‘da mahalla idorasi binosida otalar choyxonasi, militsiya tayanch punkti, sartaroshxona va tikuvchilik xonalari faoliyat yurityapti. Mahallada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlar uchun maslahat markazi ham tashkil etilgan.
Ta’kidlash kerak, bugun aholining taklif-mulohazalarini inobatga olgan holda, xalq noibi M.Mirzahmedov tashabbusi bilan zamonaviy tipdagi maktabgacha ta’lim muassasasini qurish ishlari olib borilayotir. Maqsad bitta – aholining yashash sharoitini yaxshilash, yoshlarni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazishdir.
Murodjon O‘RINOV,
O‘zLiDeP Toshkent shahar
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Oshkora muloqot – muammoga yechim topadi
25.08.2018, 14:08
-
O‘zLiDeP Mahfuza Eshmuhammedovaga parrandachilikni yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashdi
09.08.2018, 15:46
-
O‘zLiDeP deputati “Mehriobod” MFYdagi muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yubordi
08.08.2018, 12:14
-
O‘zLiDeP faollari Jomboy aholisi orasida
08.08.2018, 10:55
-
O‘zLiDeP ko‘magida Labisoy ko‘chasi obod bo‘lmoqda (VIDEO)
19.07.2018, 14:43
Bildirilgan fikrlar
Кадиров Жасурбек- O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-07-30 12:31:06
Юқоридагилар билан бир қаторда бугун аҳолининг таклиф-мулоҳазаларини инобатга олган ҳолда, халқ ноиби М.Мирзаҳмедов ташаббуси билан замонавий типдаги мактабгача таълим муассасасини қуриш ишлари олиб борилмоқда. Мақсад битта – аҳолининг яшаш шароитини яхшилаш, ёшларни ҳар томонлама баркамол қилиб вояга етказишдир. Бу борада Халқ депутатлари Олмазор туман Кенгашидаги партия депутатлик гуруҳи депутатларининг ўрни беқиёс. Бу каби ҳайирли ишларни ҳамжихатликда амалга оширишларида туман Партия Кенгаши аппарати ёрдамга тайёр ва қўллаб қувватлайди. Депутатларимизни ишларига муваффақият тилаймиз.
Мухиддин Расулов-партия аьзоси2018-07-28 19:27:35
Олмазор тумни депутатлари томонидан бир катор амалий ишлар амалга оширилиб келинмокда, Маьруфжон Мирзахмедовнинг мехнатлари албатда таксинга лойик. Эьтиборлиси туман кенгаши аппарат рахбари Ж.Кадиров киска вакт ичида депутатлар ва партия фаолларини бирлаштириб улар билан елкадош булиб иш олиб бормокдалар. Хар иккалаларни ишларига омад.
Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-07-28 16:28:04
Тадбиркор акамиз Маруфжон Мирзаҳмедовнинг саъй-ҳаракатини барчага намуна килса арзийди. халкимиз учун килган хайрли ишларингиз ойлангизга экки баровар булиб кайтади худо хохласа . Сизга омадлар ер булсин