O‘zLiDeP faollari Jomboy aholisi orasida

08.08.2018, 10:55

O‘zLiDeP faollari Jomboy aholisi orasida

Avval xabar qilinganidek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov hududlardagi ahvol bilan yaqindan tanishish maqsadida  partiyaning Samarqand viloyat Kengashida bo‘lib, partiyaning viloyat, tuman, shahar Kengashi raislari, apparat rahbarlari va mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashdi.  

Uchrashuv davomida O‘zLiDeP rahbari Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Qaror va Farmonlar shuningdek, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Mazkur topshiriqlar yuzasidan ishchi guruh a’zolari Jomboy tumanidagi “No‘sh” MFYda bo‘ldi. O‘rganishlar davomida hududning “Obod qishloq” dasturiga kiritilgani, ammo so‘nggi bir oy davomida hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari butunlay to‘xtab qolgani aniqlandi. Shuningdek, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar chog‘ida qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlik muammosi borligi ham ma’lum bo‘ldi.

Shundan kelib chiqib, o‘rganishlar davomida ish masalasida murojaat qilgan fuqarolarga “Har bir oila – tadbirkor” Dasturining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berilib, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga biznes rejalar tuzishda va kreditlar olishda ko‘maklashildi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1438
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Б.Исмоилов Ғиждувон тумани ижрочи котиби2018-08-08 15:13:25

O‘zLiDeP раҳбари Президентимиз томонидан қабул қилинган Қарор ва Фармонлар шунингдек, партиянинг дастурий мақсад ва вазифаларини аҳоли ўртасида кенг тарғиб қилиш ҳақидаги топшириқларини амалга оширишда барчамиз масъулият билан ёндашишимиз лозим.


Fikringizni qoldiring

+