O‘zLiDeP o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh

30.08.2017, 19:35

O‘zLiDeP o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh

Baxtiyor Ahmedov asakalik ilg‘or tadbirkorlardan. Tajribasi, yutuqlari bilan nafaqat tumanda, viloyatda, respublikada ham anchagina taniqli. U dastlab tadbirkorlikning tomorqachilikni rivojlantirish yo‘nalishini tanlaganida, ko‘pchilik bu borada natijaga erishishi mumkinligiga e’tiroz bildirgandi, to‘g‘ri, bu shahdga shubha bilan qaraganlar ham bo‘ldi. Biroq tadbirlining yo‘li ochiqligini tadbirkor amalda isbotladi.

Bugun B. Ahmedov rahbarlik qilayotgan “Green valley seeds” mas’uliyati cheklangan jamiyati urug‘ yetishtirish, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi texnik uskunalar, hosil unumdorligini oshiruvchi turli kimyoviy o‘g‘itlar ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Ayniqsa, MChJ qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti tadbirkorlarga qanot. Ayni paytda amalga oshirishga kirishilgan “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi mazkur korxonadagi tayanch tuzilmaning xayrli maqsadlari sari chinakam debocha bo‘ldi.

Baxtiyor Ahmedov, “Green valley feeds” mchj rahbari, BPT raisi:

–Loyiha doirasida  Otish mahallasidagi 5 ta xonadon bizning BPTga biriktirildi. Bugungi seminarni aynan mana shu xonadonlarda tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha nazariya va amaliyotni bir-biriga bog‘lagan holda  o‘tkazishga harakat qildik. Kelgusida ushbu loyiha asosida amalga oshiradigan ishlarimiz rejasini tuzganmiz. Ya’ni, biriktirilgan xonadonlar sonini 10-15 tagacha yetkazishi niyatimiz bor. 

Usmon Rahmonov, tadbirkor:

–3 sotixdan iborat tomorqamda limonariya, chorvachilik hamda parrandachilik yo‘nalishlarida faoliyatni yo‘lga qo‘yishimda “Green valley feeds” mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti mutasaddilari yaqindan ko‘maklashdilar. Ochig‘i, ma’lumoti o‘rta-maxsus bo‘lganligi tufaylimi, ish topishga qiynaldim. O‘zLiDePning bu loyihasi men kabi tadbirkorlikka qiziquvchi, biroq bu borada nazariy va amaliy yordamga muhtoj aholi vakillari uchun qulaylik tug‘dirdi. BPT mutasaddilari ko‘magi bilan tomorqaning haqiqiy baraka manbai ekaniga iqror bo‘ldim.

Mahmudjon Jo‘rayev, tadbirkor:

–Ushbu BPT ko‘magi bilan 12 sotixli shaxsiy tomorqamda 4 ta issiqxona tashkil qildik. Unda bodringning 3 ta navini yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik. Hosil yomon emas. Ayniqsa, tomorqadan olayotgan daromadimiz tufayli dasturxonimizda baraka bo‘lyapti.

Ha, aholini tadbirkorlikka o‘rgatish, kichik biznes va ishbilarmonlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish singari bugunning dolzarb vazifalarini o‘zida ifoda etgan mazkur loyiha bugun Andijon viloyatida ham yangi-yangi tadbirkorlarni kashf etmoqda. E’tiborlisi, loyiha doirasida kam ta’minlangan oilalarda ishbilarmonlik muhitini yaratish va shu orqali oilaning ijtimoiy-moddiy sharoitini yaxshilash masalalari ijobiy hal qilinyapti.

Abrorbek XONTO‘RAYEV,

O‘zLiDeP faoli. 

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1379
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+