O‘zLiDeP faoli «Tashabbus-2018» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

20.09.2018, 10:03

O‘zLiDeP faoli «Tashabbus-2018»  ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi Tolibxon Abdujalilov 20 yildan buyon yong‘oqni qayta ishlash va oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko‘rib, shuningdek, qishloq ho‘jalik mahsulotlarini chet davlatlarga eksportini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qator qaror va farmonlaridan ruhlanib,  2017 yil aprel oyida “Pichoqchi” DRY Fruits” fermer xo‘jaligini tashkil etdi. U hozirgi kunda  yong‘oq, mosh, loviya, no‘xat kabi dukkakli  mahsulotlarni qayta ishlab xorijga eksport qilmoqda. T.Abdujalilov Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Afg‘onistondagi tadbirkorlar bilan hamkorlik qilmoqda.   

Tolibxon Abdujalilov «Tashabbus-2018» ko‘rik tanlovining tuman bosqichida ishtirok etdi. 50 dan ortiq tadbirkorlar o‘zlarining ishlab chiqargan mahsulotlari bilan  qatnashgan mazkur nufuzli tadbirda O‘zLiDeP faoli Tolibxon aka birinchi o‘rinni egallab tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tadbirda g‘oliblarga shuningdek, turli nominatsiya bo‘yicha sovrindorlarga tashkilotchilar va  O‘zLiDeP tuman Kengashining  esdalik sovg‘alari topshirildi.

Baxtigul Qarshiyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+