“Orianna yarns textile”ning yana 12 xodimi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

24.09.2018, 11:54

“Orianna yarns textile”ning yana  12 xodimi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

O‘zLiDeP Zarafshon shahar Kengashi xodimlari “Orianna yarns texstel” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida bo‘lib, u yerda tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari bilan yaqindan suhbatda bo‘lishdi. Uchrashuv chog‘ida mazkur BPT faoliyatini yanada jonlantirish va a’zolar safini kengaytirish hamda partiya maqsad va vazifalarini korxona ishchi xodimlariga yetkazish yuzasidan BPT raisiga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2018 yil 27 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar– kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni mazmun-mohiyati korxona ishchi-xodimlariga tushintirildi.

Tadbir so‘nggida partiya faoliyati yuzasidan berilgan savollarga O‘zLiDeP shahar Kengashi xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi. Qo‘shma korxonaning 12 nafar xodimiga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1253
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-09-24 15:13:14

Ўйлайманки Зарафшон шахрида фаолият юритаётган хотин-қизларимизнинг олдиларда партиямиз фаолияти билан боғлиқ бўлган ҳали куплаб забт этиши лозим бўлган марралар турибди.Улардан янада юқори натижаларини кутиш билан баробарида харнафас вилоят кенгаши аппарати ходимлари бирга эканлигини маълум қилади.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-24 14:34:14

Партиямиз сафини Кенгайишида партия ходимларининг хизматларини алоҳида таъкидлаш жоиз деб ўйлайман. Зарафшонлик ҳамкасбларимизнинг ишларига янада мувофаққиятлар тилаб қоламиз. Чарчаманг!!!


Fikringizni qoldiring

+