O’zLiDeP tashabbusi bilan 30 nafar xorazmlik xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
04.12.2017, 18:26
Xorazm viloyatida O’zLiDeP Urganch shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Sog‘lom oila mustahkam oila” doirasida “Yuldasheva Mehribon xususiy klinikasi”da tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad oilalarda ma’naviy sog‘lom muhitni qaror toptirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ularninng ijtimoiy-siyosiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirish orqali sog‘lom va mustahkam oilani qaror toptirishdan iboratdir. Bu borada partiya viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan ayollarning salomatligini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tadbir davomida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi va unda 30 nafarga yaqin xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
– Yurtimizda xotin-qizlarga juda katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Tinchlik” MFY maslahatchisi Shakarjon Sapayeva. – Mahallamizda yashayotgan uy va jamaoat ishlarida faol bo‘lgan ayollar, bunday ko‘riklarga vaqt ajratishi qiyin. Biz uchun shunday tibbiy ko‘riklar tashkil etgan O`zLiDePdan juda minnatdormiz.
O`zLiDeP Xorazm viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring