Buxoroning eng namunali partiya tashkiloti, eng namunali BPT va eng faol deputati aniqlandi

14.11.2018, 16:57

Buxoroning eng namunali partiya tashkiloti, eng namunali BPT va eng faol deputati aniqlandi

Buxoroda O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti”, “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi  eng faol deputat” tanlovining  viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning tuman, shahar bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.  

Qayd etilganidek, Buxoro xalqaro aeroporti DUK qoshidagi BPT partiya Dasturi, Ustavi va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ishlashda muayyan tajriba to‘plangan. Eng muhimi, ushbu tayanch nuqta partiyaviy imidjda jihozlangan, markaziy va mahalliy OAV bilan keng hamkorlikni  yo‘lga qo‘ygan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Buxoro xalqaro aeroporti” DUK qoshidagi BPT “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” deb topildi.

- Bizning boshlang‘ich partiya tashkilotimiz viloyat bosqichida 11 ta eng faol quyi bo‘g‘in orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, - deydi “Buxoro xalqaro aeroporti” DUK qoshidagi BPT yetakchisi Umida Rustamova. – O‘tgan vaqt davomida boshlang‘ich partiya tashkiloti rahbari sifatida tadbirkorlar va fermerlar bilan muloqot qildik, ular faoliyati bilan yaqindan tanishib o‘zimizning takliflarimizni berib bordik. Ayniqsa, partiya deputatlik guruhi a’zolari bilan aholi orasiga kirib borib, muammolarini partiya vositalari orqali yechishga harakat qildik.

Shuningdek, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Zamira Safarova “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat”, partiya Buxoro tumani Kengashi esa “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” deb topildi.

Tanlov so‘nggida g‘olib va sovrindorlar partiya viloyat Kengashi tomonidan  diplom  va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1074
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сайфиддин Бадриддинов2018-11-15 13:58:15

Ғолибларни ғалаба билан қутлаймиз, танловга лойиқ номзодлар танланибти. Бўш келманг, шоввозлар. Танловнинг Республика босқичида ҳам биринчиликни кутиб қоламиз. Шиддат, ёриб ўтиш ва билим ҳамроҳингиз бўлсин!


Fikringizni qoldiring

+