“Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” loyihasini hayotga tatbiq etayotgan O‘zLiDeP faoli 20 ish o‘rni yaratmoqchi
21.11.2018, 15:38
Hozirgi kunda Jizzax shahrida 42 ming 700 nafarga yaqin 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar istiqomat qiladi. Shundan 3 ming 732 nafari rasman ishsizlar ro‘yxatida qayd etilgan.
Shu ma’noda, bugun hududda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish va shu asosda yoshlar bandligini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada “Yoshlar- kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida hayotga tatbiq etilayotgan ishlarni alohida ta’kidlash joiz.
–Ayni paytda shahrimizda Dastur ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar jadal davom ettirilmoqda. Bu jarayonda O‘zLiDeP faollari va deputatlik birlashmalari ham faol ishtirok etib, amaliy ishlarga ko‘makdosh bo‘layotir, – deydi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Jizzax shahar filiali rahbari G‘olib Fozilov. – Chunki Dasturda ko‘zda tutilgan vazifalar partiyaning qator istiqbolli loyihalari bilan hamoxang. Shu bois, o‘tgan davr mobaynida ko‘plab partiya faollariga imtiyozli kreditlar ajratildi. Masalan, “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” loyihasini hayotga tatbiq etishi uchun 350 mln. so‘mlik kredit olgan A’zam Musurmonov 20 ta yangi ish o‘rni yaratadigan bo‘ldi.
Ta’kidlash kerak, hozirga qadar “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yoshlar taqdim etgan 27 ta loyihaga 4 mlrd 391 mln. so‘mlik kredit ajratgan.
Saida UMARALIYEVA,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Bildirilgan fikrlar
Холбек Асатов2018-11-21 18:08:43
Юртимизда биз ёшларга яратилаётган имкониятлар чексиз. Биз ёшлар бу имкониятлардан ўз ўрнида оқилона фойдаланишимиз зарур.