Qiziriq tumanidagi sayyor qabulda muammolar ijobiy hal etildi

08.11.2017, 17:54

Qiziriq tumanidagi sayyor qabulda muammolar ijobiy hal etildi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Qiziriq tumanida sayyor qabul tashkil etdi.

Sayyor qabulda O‘zLiDeP viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda “O‘lg‘irsoy” va “Xo‘jaipok” mahallalarida istiqomat qiluvchi 128 kishi ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Qiziriq tuman Bandixon hududida istiqomat qilayotgan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Tadbir davomida fuqarolardan 20 dan ziyod murojaat qabul qilinib, 10 tasi o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar deputatlik so‘rovi jo‘natish orqali hal etiladi.

– Meni uzoq vaqtdan buyon qandli diabet kasali bezovta qiladi, – deydi Qiziriq tumani Chinor mahallasida yashovchi Mamatg‘ozi Keldiyorov. – Shu bois sayyor qabul davomida deputatlardan viloyat Kordiologiya markazida davolanish uchun order olishda amaliy yordam so‘radim. Muammom ijobiy hal bo‘lganidan juda xursandman. Buning uchun O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi M. Qobulovaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.  

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi yil yakuniga qadar yana 5 ta ana shunday sayyor qabullarni tashkil etishni rejalashtirgan.

Ziyoda QODIROVA,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Jismoniy

va yuridik shaxslarning murojaatlari

bilan ishlash bo‘limi  mudiri 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2551
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+