Taklif: tumanlarda innovatsiya markazlari tashkil etilsa...
12.12.2017, 17:06
2015 yildan “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasining aloqa ob’ektlari davlat kadastr xizmati yetakchi muhandisi lavozimida ishlab kelmoqdaman. Har bir inson mamlakat kelajagi haqida qayg‘urar ekan, o‘zi bilgan sohadagi muammo va kamchiliklarga hamda ularni tuzatishga alohida e’tibor qaratadi.
Kuni kecha tumandagi 259-umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvda kelgusida deputat bo‘lsam, nimalar qilaman, degan savolga javoban o‘z kasbimdan kelib chiqib tuzgan saylovoldi dasturimni o‘qib berdim.
Toshkent shahrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi muhim. Iqtisodiyotning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan tarmoqlarini shakllantirish va jadal rivojlantirish, hududiy ichki mahsulotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektori ulushining jadal o‘sishiga erishish, tumanlarda innovatsiya markazlari faoliyatini tashkil etish va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmlarini jadal oshirish darkor.
Axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiquvchilar va ularga buyurtma beruvchilarga imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilsa, mahalliy va xorijiy investitsiyalar yanada jalb etilsa, yurtimiz taraqqiyotiga juda katta turtki bo‘ladi. Internet orqali kommunal to‘lovlar uchun hisob-kitobni amalga oshirish, mahsulot sotish va xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga hissa qo‘shishni ham asosiy vazifalarimdan deb bilaman.
Ra’no TURSUNOVA,
1-Hasanboy saylov okrugidan Toshkent shahar xalq deputatlari
Yunusobod tuman Kengashi deputatligiga nomzod
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ishonch va muvaffaqiyat ortida mas’uliyat bor!
12.01.2018, 15:27
-
Toshkent ko‘chalaridan eshitilayotgan chaqiriq: “O‘zLiDeP nomzodlariga ovoz bering”
21.12.2017, 14:50
-
Bitta maqsad bizni birlashtiradi – vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi
20.12.2017, 16:10
-
20-dekabr kungi nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari jadvali
19.12.2017, 18:59
-
O‘zLiDeP nomzodining saylovoldi dasturida nimalar aks etgan?
19.12.2017, 15:51
Fikringizni qoldiring