NamMTIning 25 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

30.04.2019, 16:50

NamMTIning 25 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

Namangan Muxandislik  texnologiya  institutida O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida taqdimot tadbiri tashkil etildi.

Tegishli soha vakillari, partiya viloyat Kengashi faollari hamda talaba-yoshlar ishtirok etgan tadbirda partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini yosh mutaxassislar bilan ta’minlash, bu borada  oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi.

–Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etishda davr talablariga javob beradigan, yosh kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdan iborat, – deydi O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Musoxon Yusupjanov. –Shu bois, tadbir davomida zamonaviy fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega shijoatli yoshlarni tanlash va ularni partiya safiga jalb qilishga alohida e’tibor qaratdik.

Tadbirda shuningdek, O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan partiyaviy loyihalar, jumladan, “Start up”, “Start up invest”, “Start up export”, “Xavfsiz internet”, “Kelajak deputatlari” kabi loyihalar to‘g‘risida ham kengroq ma’lumotlar berildi.

–Bugungi tadbir biz uchun katta maktab bo‘ldi. Chunki tadbir davomida siyosiy bilimlarimiz yanada mustahkamlandi, – deydi Namangan Muxandislik  texnologiya instituti talabasi Nodir Malikov. – Ayniqsa, ma’ruzachilar tomonidan zamonaviy innovatsion o‘quv texnologiyalari asosida rahbar-xodim munosabatlari bo‘yicha tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar menda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘ngida 25 nafar yoshlar partiya kadrlar zahirasiga olindi.

 Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    775
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+