“Yosh liberallar” klubining yetakchilari saylandi

16.12.2017, 11:35

“Yosh liberallar” klubining yetakchilari saylandi

Jizzax politexnika institutida O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi qoshidagi “Yosh liberallar” klubining faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda klub rahbarini saylash bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi vakillari, “Yosh liberallar” klubi a’zolari, talabalar, o‘quvchi-yoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida partiya Jizzax viloyat Kengashi tavsiyasiga asosan “Yosh liberallar” klubi rahbarligiga Jahongir G‘aniyev, “Kelajak deputatlari” guruhi yetakchisi vazifasiga Doniyor Egamov va “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhi yetakchisi vazifasiga Dadajon Narziqulov nomzodlari taklif etildi.

Nomzodlar klub a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Klub rahbari va yetakchilar saylab olinganidan so‘ng, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda yosh tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, doimiy ravishda talaba va o‘quvchi yoshlarning siyosiy bilimlarni oshirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish so‘ngida, partiya maqsad-muddaolarini o‘rgangan, uning g‘oyalariga hayrixohlik bildirgan bir guruh yoshlarga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1642
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+