O‘zLiDeP ko‘magida “Oltiariq” MChJda 14 nafar ayol ishga joylashdi
17.02.2020, 16:41

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” shiori ostida Oltiariq tumanidagi “Oltiariq” MChJda uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur korxonaga O‘zLiDeP deputati Azizbek Ibragimov rahbarlik qiladi. U yerda bugungi kunda 200 nafardan ortiq xotin-qizlar faoliyat olib bormoqda. Korxonada asosan, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, Turkiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi bir qator davlatlarga eksport qilinadi.
Tadbir doirasida ishchi xodimlarga Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari mazkur korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.
Shu kuni mazkur korxonaga 14 nafar ayollar ishga qabul qilinib, ularga mehnat daftarchalari topshirildi. Shuningdek, 50 nafar ishchi-ayollar partiya a’zoligiga qabul qilindi.
Shoxsulton To‘xtamatov,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Tomorqadan baraka topayotgan chiroqchilik ayollar
15.04.2021, 09:42
-
Deputat mahallada: jizzaxlik 26 nafar ayollarga kredit ajratiladigan bo‘ldi
15.04.2021, 09:39
-
Deputat tashabbusi: “Ayollar daftari”dagi 13 nafar xotin-qizga tadbirkorlik boshlashlari uchun mablag‘ ajratildi
18.03.2021, 14:36
-
Partiya vakillari mahallada: Zominlik 18 nafar xotin-qizlar va 34 nafar yoshlar ishli bo‘ldi
16.03.2021, 17:27
-
O’zLiDeP faoli bo‘kalik 40 nafar xotin-qizlarni bepul kasbga o‘qitdi
16.03.2021, 16:53
Fikringizni qoldiring