Deputat vakolati xalq manfaati uchun

04.01.2018, 12:14

Deputat vakolati xalq manfaati uchun

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda dastlab viloyat deputatlik guruhi rahbari A. Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha partiya viloyat kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha to‘xtaldi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat IIB Yoshlar masalalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sh. Teshaboyevning axboroti tinglandi.

-Ayni kunda deputatlar bilan hamkorlikda viloyatimizdagi mavjud kollejlarda “davomat” tadbirlarini olib bormoqdamiz, - dedi Sh. Teshaboyev. – Natijada 1 ming 753 nafar o‘quvchilar o‘quv jarayoniga qaytarildi, 2 ming 153 nafar o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik ogohlantiruv tadbirlari belgilanib, ta’limga qaytarish choralari ko‘rildi. Shuningdek, jamoat joylarida bemaqsad yurgan 7 ming 62 nafar voyaga yetmaganlar xizmat xonalariga keltirilib, ularning 494 nafari ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga joylashtirildi, 15 nafari respublikamizdagi maxsus o‘quv muassasalariga yuborildi. Asosiysi, 6 ming 553 nafari belgilangan tartibda o‘qish joylariga va ota-onalariga topshirildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Andijon viloyat moliya boshqarmasining hisoboti ham eshitilib, o‘zaro bahs-munozaralar, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

- Deputatlik so‘rovlarimizning aksariyati bank-moliya yo‘nalishi bilan bevosita bog‘liq, - deydi xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Yekaterina Smesova. – Mahalliy budjetning yillik jarayonida keksa va nogirnolarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash tizimini qaytadan isloh qilish, mahalla institutlarini takomillashtirish, eng muhimi xalq bilan muloqot qilish orqali aholi dardini bilish, ularni qiynayotgan dolzarb masalalarni hal qilish ishlari hisobga olinishini bilamiz, ammo qaysidir hollarda deputatlik so‘rovlarimizga atroflicha javob ololmaymiz. Bugungi yig‘ilishimizda ayni masala bo‘yicha viloyat moliya boshqarmasining hisobotini tanqidiy-tahliliy muhokama qildik va bu borada tegishli qaror qabul qilindi.

Dilshodbek Jalolov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1448
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+