Farmon ijrosi amalda

18.10.2017, 17:25

Farmon ijrosi amalda

Prezidentimizning joriy yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni agrar sohani yanada rivojlantirish, tizim oldidagi muammo va to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. Farmonda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga tushintirish maqsadida O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Ana shunday muloqotlardan biri Paxtaobod tumanida bo‘lib o‘tdi.

– Yurtboshimiz Andijon viloyatida bo‘lgan saylovoldi uchrashuvida “Andijon tomorqa maktabi”ni yaratish zarurligini alohida ta’kidlagan edilar, – deydi Uchko‘za mahallasida istiqomat qilayotgan Rahimjon Abdurahmonov. – Men ham 8 sotixli tomorqamdan samarali foydalanib kelyapman.  Pomidor hosilidan bo‘shagan yerga allaqachon sarimsoqpiyoz va bodring urug‘larini qadadim. Ular ayni kunda bo‘y cho‘zib qolgan.

Ta’kidlash kerak, Prezidentimizning mazkur farmoni partiyaning “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasini  yanada ommalashtirishga turtki bo‘lmoqda. Bu esa partiyamiz g‘oyalarining yanada ommalashishiga xizmat qiladi.

Abrorbek XONTO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1638
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

А.Матчанов- O‘zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши депутатлик гурухи рахбари 2018-05-15 16:46:26

Фан ва технологиялар бўйича саммитда Ислом ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар ва кузатувчи мамлакатлар, минтақавий ва халқаро ташкилотлар вакилларидан иборат 80 га яқин делегация иштирок этди.


Ш.Қутлумуратов-Тўрткўл туманидаги Тошкент МФЙ қошидаги БПТ раиси2018-05-15 16:07:05

ШҲТ мамлакатлари ўртасидаги транспорт алоқаларининг ривожланишига хизмат қилишини таъкидлади. Саммит якунларига кўра, Остона декларацияси қабул қилинди. Ушбу декларация ШҲТ давлатларинг турли соҳалардаги амалий ҳамкорлигини янада ривожлантириш ва ҳамкорлигини мустаҳкамлашни ҳуқуқий асоси бўлиб хизмат қилади.


Ойбек Хусанов Пахтачи туман Кенгаши депутати2018-05-11 07:22:23

Марказий Осиё мамлакатлари улкан салоҳиятга эга энг йирик минтақавий бозорни шакллантириш ва Марказий Осиё мамлакатларини умумий муаммоларни биргаликда ҳал этишга киришиш учун марказий осиё мамлакатлари биргаликда бир мақсад йўлида бирлашиш орқали эришиши мумкин.


Fikringizni qoldiring

+