“O‘zLiDeP ko‘magida o‘z tadbirkorligimni yo‘lga qo‘yganman”, deydi andijonlik tadbirkor A.Bozorboyev

16.01.2018, 15:47

“O‘zLiDeP ko‘magida o‘z tadbirkorligimni yo‘lga qo‘yganman”, deydi andijonlik tadbirkor A.Bozorboyev

O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi “Ravon taraqqiyot orzusi” MChJda “Vatanimiz kelajagi uchun javobgarmiz!” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish maqsadini o‘zida ifoda etgan mazkur tadbirda Xalq deputatlari  tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari, elektorat vakillari, tadbirkorlar, fermerlar, Yoshlar qanoti faollari ishtirok etdi.

– Yoshlar tarbiyasida oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yishda jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi rahbari R.Abduraximov. – Yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularning tadbirkorlikka  bo‘lgan qiziqishini oshirish, keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishda bunday tadbirlar muhim ahamiyatga ega.

– Aynan O‘zLiDePning “Diplom bilan biznesga” loyihasida ishtirok etib, o‘z tadbirkorligimni yo‘lga qo‘yganman, – deydi yakka tartibdagi tadbirkor  A.Bozorboyev. – Bunday tadbirlar biznesga qiziquvchi yoshlarni kashf qilish bilan bir qatorda ularga amaliy ko‘nikmalar, maslahat va tavsiyalar beradi. Yoshlarda Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavzu doirasidagi takliflar inobatga olindi.

Odinaxon TURG‘UNOVA,

O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling

  • Ko'rildi
    1326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+