Jamoatchilik nazorati – shaffoflik kafolati

13.10.2017, 17:32

Jamoatchilik nazorati – shaffoflik kafolati

Nurobod tumanidagi Jom mahallasi qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan  “Mahalliy davlat organlari faoliyati  jamoatchilik nazorati ostida” mavzuida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda qayd etilganidek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi ushbu organlar faoliyati ustidan haqqoniy va samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni ta’minlaydi, ularning faoliyati, qabul qilgan qarorlari to‘g‘risida aholini xabardor bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

– Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning eng muhim sharti qonunchilikni puxta o‘zlashtirish, bilim va tajribadir, – deydi O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Marhobo Usanova. – Shu bois fuqarolarimizni qabul qilinayotgan qonunlar bilan muntazam tanishtirib borishga alohida ahamiyat berishimiz lozim. Shu ma’noda bugungi tadbirning ahamiyati yuqori bo‘lganini ta’kilashni istardim.

Tadbirda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari vakillarining vakolatlariga kiruvchi vazifalar haqida fikr almashildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xzimati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1975
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+