Buxoro shahrida O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” Jamoatchilik Kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi

28.09.2020, 17:12

Buxoro shahrida O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” Jamoatchilik Kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi

 O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashi “Yoshlar qanoti”ning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Asliddin Kamalov “Yoshlar qanoti”ning o‘tgan davrda amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berdi.

O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari va deputatlar partiyaviy faoliyat samaradorligini yanada oshirish hamda rivojlantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Konferensiyada so‘zga chiqqan «Mard o‘g‘lon» mukofoti sovrindori Feruzjon Jo‘rayev o‘zi erishgan yutuqlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.  Tengdoshlari uchun qisqa vaqt ichida mahorat darsi(master klass) o‘tkazdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etildiki, partiya oldida turgan asosiy vazifa faol yoshlarni bir g‘oya atrofida yanada jipslashtirib, partiyaning targ‘ibot-tashviqot ishlarida keng va samarali foydalanishning yangicha mexanizmini yaratishdan iborat. Shu boisdan “Yoshlar qanoti” faoliyatini bugungi kun talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, partiya a’zolari safini bilimli, shijoatli yoshlar bilan kengaytirish, ularning maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz yoshlarini siyosiy jarayonlarda xalqaro maydonlarda ham o‘zini namoyon qilishiga qaratilgan aniq dasturiy chora-tadbirlar  — “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham muhokama etildi.

Tadbir davomida “Yoshlar qanoti” Jamoatchilik Kengashining yangi tarkibdagi 15 nafar a’zolari tasdiqlandi hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    554
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+