“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Jalaquduqda bayram tadbirlari davom etmoqda

11.03.2021, 18:33

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Jalaquduqda bayram tadbirlari davom etmoqda

Tursunoy ona Boboyeva Jalaquduq tumani, “Yorqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. 92 yoshni qarshilagan buvijonning bugun ziyoratiga keluvchilarning qadami uzilmaydi. Duolaridan bahra olishning o‘zi zavqli.

Xalq deputatlari Jalaquduq tuman kengashi deputatligiga “Toshhovuz” okrugidan saylangan Qobiljon Qoziyevning “Deputat mahallada” loyihasi doirasidagi tadbirlari onaxonning xonadonidan boshlangani e’tiborli. Xalqimizning keksalar, nuroniylar duosi bilan xayrli ishlarni boshlashi azaldan an’anaga aylangan. Deputat yangi loyiha ijrosini Tursunoy ona Bobojonova ziyoratidan boshladi. Onaxonga hadya etilgan bahoriy ayyomlar sovg‘alari ehtiromning bir ko‘rinishi bo‘ldi.

Navro‘z shukuhi kezib yurgan ayni pallada xalq noibining xayriya tadbirlari tumandagi 11-umumta’lim maktabida davom etdi. Ta’lim maskani pedagog jamoasi va xodimlarini yaqinlashib kelayotgan Navro‘z – yangilanish bayrami bilan qizg‘in qutlagan deputat ularga o‘zining esdalik bayram sovg‘alarini taqdim etdi.

Shuningdek, maktab ma’muriyati uchun topshirilgan so‘nggi rusumdagi televizor darsdan bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

Gulnoza XAYITOVA,

O’zLiDeP Jalaquduq tuman Kengashi

ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    497
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+