Davlat dasturidan kelib chiquvchi partiyaning ustuvor vazifalari quyi bo‘g‘inlarda ham keng muhokama qilinmoqda
30.01.2018, 16:32
O`zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Yangiqo‘rg‘on tuman kengashi tomonidan “Mamlakatimizdagi qulay ishbilarmonlik muhiti-barqaror iqtisodiy yuksalishda ustuvor ahamiyat kasb etadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
- Yaqindagina Prezidentimiz farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi partiya faollari oldiga xam bir qator vazifalarni qo‘yadi, - deydi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Dizayn loyiha” MChJdagi O`zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi Nuriddin Karimov. – Biz Davlat dasturini partiyaning quyi bo‘g‘inlari ayniqsa, aholi o‘rtasida targ‘ib etibgina qolmay, partiyamiz elektorati manfaatlarini himoya qilishda, tadbirkorlikni rivojlantirishda o‘z mas’uliyatimizni oshirishimiz lozim.
Davra suhbati ishtirokchilari Davlat dasturining ijrosini ta’minlashda tadbirkorlar ham faollik ko‘rsatishi, tadbirkorlik rivoji o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyoti ravnaqiga xizmat qilishini, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali o‘z oilalari turmush farovonligini, qolaversa, davlatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shishlarini ta’kidladilar.
- Men bu yil kasb-hunar kollejini bitirib, fermerlik faoliyatini boshlamoqchiman, - deydi Zoirbek Naqibboyev. – Buning uchun yer maydoni olishga ariza berdim. Biz kabi yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi barpo etib, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shmoqchiman.
Davra suhbatida bugungi kunda davlat ro‘yhatidan o‘tgan tumandagi 1500 ga yaqin tadbirkorlik su’ektlari, 1900 ta fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish va umuman olganda tumanda xususiy sektor rivoji yo‘lida partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, amalga oshiriladigan ishlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Suhbat asnosida partiya faollari Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qabul qilinadigan amaliy chora-tadbirlar hususida ham kelishib oldilar.
Ibroxim SATTAROV
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar
va fermerlar bilan ishlash bo‘limi mudiri
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring