O’zLiDeP faoli bo‘kalik 40 nafar xotin-qizlarni bepul kasbga o‘qitdi

16.03.2021, 16:53

O’zLiDeP faoli bo‘kalik 40 nafar xotin-qizlarni bepul kasbga o‘qitdi

Bo‘ka tumanida uzoq muddat bola parvarishida bo‘lgan mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash va ularni ishga joylashtirish masalasida juda katta ishlar olib borilmoqda.

Tumandagi “Mushtariy Sayyorasi” o‘quv markazi rahbari, O’zLiDeP faoli  Sayyora Toshmatova tomonidan yaqinda 40-60 soatlik o‘quv kurslarini tamomlagan bir guruh xotin-qizlarga sertifikatlar berildi va ular imtiyozli kredit olish huquqiga ega bo‘lishdi. 

Bugun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kirgan xotin-qizlarni kasb-xunarga o‘qitish, shu bilan birga, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, o‘z biznesini tashkil etishda ko‘maklashish bosh masala etib belgilangan, – deydi markaz rahbari, BPT raisi S.Toshmatova. – Ushbu tashabbus ijrosini ta’minlash bo‘yicha O’zLiDeP Bo‘ka tuman Kengashi “Ayollar qanoti” hamda markaz bilan hamkorlikda 40 nafardan ortiq xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilib, ularning bandligini ta’minlashga erishildi.

Yaqinda "Hududlardagi ishsiz va band bo‘lmagan xotin-qizlarga kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish" loyihasi doirasida o‘quv kursi tashkil etildi. Ushbu seminarda 12 nafar xotin-qizlar olgan bilim va ko‘nikmalari yordamida o‘z biznes rejalarini tuzishmoqda.

Tadbir davomida 5 nafar xotin-qizlar partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirishdi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    569
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+